Turon uni yangi va odatiy bo’lmagan pishiriqlarni tayyorlashga ideal tanlovdir.
Shuning uchun, biz siz uchun yangi oshpazlik trendini tayyorlab qo’ydik.
Ushbu shirinlik havodor va mazali chiqadi.
Uning tayyorlashi uchun atigi 5 daqiqa kerak!
Shunday qilib, mazali desertni sinab ko’rishga tayyorlang.

Masalliqlar:
4 oshqoshiq — Turon uni
2 oshqoshiq — kakao
2 oshqoshiq — shakar
1 dona — tuxum
3 oshqoshiq — sut
3 oshqoshiq — o’simlik yog’i
1/4 choyqoshiq vanilin
1 oshqoshiq — shokolad (mayda tug’ralgan)
1 — katta kupa

Tayyorlanish usuli:
Tayyorlanishi: 2min > Tayyorgarlik: 3 min > Umumiy vaqt: 5 min
Kupaga un, kakao va shakar qo’shing, yaxshilab aralashtiring.
Tuxumni qopqoq bilan urting. Yaxshilab aralashtiring. Sut va yog’ni qo’shing, keyin vanil va shokolad, aralashtiring.
Kupani mikrovolnovkaga joylashtiring va 3 daqiqaga qoldiring. Keks yuqoriga ko’tarilguncha kutib turing, kupani to’ldirishi kerak.
Agar kerak bo’lsa, keksni kupani devorlaridan pichoq bilan ajrating va idishga qo’ying .