Masalliqlar:📃

Biskvit uchun:🍘
— 4,5 stakan Turon uni
— 1 stakan shakar
— 4 dona tuxum
— 150 g sariyog’
— 4 qoshiq asal
— 1 choy qoshiq iste’mol sodasi
— ozgina sirka

Krem uchun: 🍥
— 1 litr smetana
— 1,5 stakan qand upasi
— 1 dona limon
— vanilin

Tayyorlanishi:

Idishga shakar, sariyog’ va asalni soling. Keyin idishni qaynoq suvga botirib turib, ishidagilarni bir tusli massa holiga keltiring. So’ng biroz sovutib, to’rt dona tuxumni chaqib solasiz. So’ngra yaxshilab aralashtirib oling. Iste’mol sodasini sirkada so’ndirib, yuqoridagi massa bilan aralashtiring. Keyin oz-ozdan Turon unini solib, yumshoq xamir qoring. Xamir yumshoq, ammo qo’lga yopishmaydigan bo’lishi lozim. Xamirni teng o’n bitta bo’lakka ajrating. Keyin esa sovutichda joylab qo’ying.
Navbat krem tayyorlashga. Buning uchun smetana, qand upasi va vanilinni aralashtirib ko’pirtiring. Ko’pirtirib oldingiz. Keyin limonning danaklarini olib tashlab, blenderda maydalang yoki qirg’ichdan chiqaring. So’ng yuqoridagi ko’pirtirilgan krem bilan ko’shib ko’pirtiring. Bir tusli momiq massa hosil bo’lgach, krem tayyor hisoblanadi.

Endi yana xamir bilan ishlahga o’tamiz. Xamir bo’laklaridan birini olib, yupqa qilib doira shaklida yoing-da, pishiriq qog’ozning ustiga qo’ying. Biskvit xamirining har eri-har eriga sanchib, xamirni gaz pechiga solasiz. Biskvitlar tez pishadi, 5-6 daqiqa, ko’pi bilan 8 daqiqa borishi mumkin. Biskvit tillarangga kirgach, gaz pechidan olasiz. Biskvit issiqligidayoq ustiga likobcha to’nkarib, tekislab qirqib olasiz. Mana shu ishni barcha xamir bo’laklarida takrorlaysiz. Qirqimlarini esa olib qo’ying. Endi tortni biskvitlarning orasiga krem surtib, qavatlashga o’ting. Oxiirida tortning usti va chetlariga krem surtib, maydalangan qirqimlarni sepib chiqasiz.